“Xavflarni boshqarish” qo‘mitalari tuziladi
Farmonga muvofiq, 2025-yildan:
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari hisobidan hududlarga taqsimlangan mablag‘lar bo‘yicha ma’lumotlar tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etiladi.
Bunda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalaridan ajratilayotgan mablag‘lar bo‘yicha so‘rovi va nazorati yo‘lga qo‘yiladi.
Har chorakda Hisob palatasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari yakunlari bo‘yicha taqdim etilgan axborotlar Hukumatning majlislarida muhokama qilib boriladi.
202-yil 1-yanvardan moliyaviy va boshqa xavflarning oldini olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yirik tashkilotlarda ularning birinchi rahbarlari boshchiligida kollegial asosda “Xavflarni boshqarish” qo‘mitalari tuziladi.
Sharhlar