Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi dala va aholi punktlarida angʻiz, xazon va shox-shabbalar yoki oʻsimliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yubormaslikka chaqirdi.
Bu kabi huquqbuzarliklar Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuning 4, 24-moddalari buzilishiga olib keladi. Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 20 ming so’mdan 1 mln 700 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa — 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 700 ming so‘m 3 million 400 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘simlik qoldiqlarini yoqish natijasida atmosferaga is gazi, uglerod oksidi kabi zararli moddalar ajralib chiqadi. Bu esa ekologiya va insonlar salomatligi uchun jiddiy xavf tug’diradi.
Sharhlar