AQSHda “Xelen” dovuli tufayli kamida 40 kishi halok bo‘ldi
Amerikaning Florida shtati sohillariga “Xelen” dovuli yopirilishi tufayli, kamida 40 kishi halok bo‘ldi. Mahalliy hukumat xabariga ko‘ra, Janubiy Karolina shtatida kamida 17 kishi, Jorjiyada — 15, Floridada — 6, Shimoliy Karolinada esa ikki kishi halok bo‘lgan.
Dovul oqibatida turli shtatlarda 3,5 million kishi elektrsiz qolgan. Mamlakat janubi-sharqidagi ko‘plab aeroportlar ishida uzilishlar kuzatilmoqda. Shimoliy Karolinadagi Sharlott/Duglas xalqaro aeroportida 400 ta reys bekor qilinib, 500 tasi kechiktirildi. Jorjiya aeroportida esa 200 ta reys bekor qilingan va taxminan 400 tasi kechiktirilgan.
Florida, Jorjiya, Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina, Alabama va Virjiniyada favqulodda holat rejimi joriy etildi. Tennessi shtatidagi Nyuport shahrida Uotervill to‘g‘onida yuz bergan avariya tufayli mahalliy aholi evakuatsiya qilinmoqda.
Dovullarga qarshi kurash milliy markazi xabariga ko‘ra, ayni paytda dovul o‘z kuchini yo‘qotgan va shimolga qarab harakatlanmoqda. Shanba kuni ertalab “Xelen” Tennesi shtatiga borib yetishi kutilmoqda.
Sharhlar