Xitoy aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlar sonini oshirmoqda
Xitoydan O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar sonini ko‘paytirish va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Xitoyning “China Southern Airlines” aviakompaniyasi reyslar sonini oshirishni rejalashtirmoqda.
Pekin-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftalik reyslar soni 4 tadan 7 taga, Urumchidan Toshkentga 3 tadan 4 taga ko‘payadi. Bundan tashqari, China Southern 2025-yildan boshlab Toshkentga Guanchjoudan Urumchi orqali haftasiga uch marta parvoz qiladi.
Bu o‘zgarishlar joriy yilning iyun oyida Sian shahrida bo‘lib o‘tgan “C5+1 Xitoy – Markaziy Osiyo” konferensiyasida ikki davlat o‘rtasida havo qatnovini sezilarli darajada oshirish va yangi yo‘nalishlarni ochishga qaratilgan kelishuvlar tufayli amalga oshirildi.
Ayni paytda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida haftasiga 63 ta muntazam reyslar amalga oshirilmoqda, shundan 21 tasi yo‘lovchi, 42 tasi yuk tashuvchidir.
Sharhlar