Xitoy aviakompaniyasi Toshkentga yuk reyslarini yo‘lga qo‘ymoqda
Xitoyning “North-Western Cargo International Airlines” aviakompaniyasi Siandan Toshkentga yuk reyslarini yo‘lga qo‘ymoqda. Birinchi parvoz 2024-yil 4-sentabrga belgilangan.
Sian — Toshkent — Sian yoʻnalishi boʻyicha parvozlar yuk koʻtarish quvvati 25 tonnagacha boʻlgan Boeing 757-200 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Dastlabki bosqichda parvozlar haftasiga bir marta amalga oshiriladi, keyinchalik parvozlar soni haftasiga uch martaga yetkaziladi.
“North-Western Cargo International Airlines” (NWCIA) kompaniyasi shtab-kvartirasi Sian shahrida joylashgan Xitoyning yuk tashuvchi aviakompaniyasidir.
Ulashish:
Sharhlar