Jizzaxda soliq to‘lashdan bosh tovlagan Xitoy fuqarosi qidiruvga berildi

Фото: УВД

Jizzax viloyatida Xitoy fuqarosi Chen Lin Bing soliq to‘lashdan bosh tovlaganlik va savdo qoidalarini buzganlik uchun qidiruvga berildi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

“1994-yilda Xitoy Xalq Respublikasida tug‘ilgan, XXR fuqarosi, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Ardaxshon mahallasi hududida joylashgan “FESTON” XSI MChJ yotoqxonasida yashagan Chen Lin Bing O’zbekiston Respublikasi JKnig 184-moddasi (soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bosh tovlash) 3-qismi xamda 189-moddasi (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun Sharof Rashidov tumani IIB tomonidan qidirilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ushbu shaxs to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lganlar ichki ishlar organlariga yoki +99872-342-12-02, +99872-342-10-68, +99872-226-03-02, +99893-290-02-30 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishlari so‘raladi.

Ta’kidlanishicha, ma’lumot bergan fuqaroning shaxsi sir tutiladi va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.