Xitoy keksalarga g‘amxo‘rlik qiladigan robot yaratdi

Foto: Videodan

Xitoyning Tencent kompaniyasi keksalar va imkoniyati cheklanganlarga g‘amxo‘rlik qila oladigan, g‘ildirakli robotni ishlab chiqdi.

Robot zinaga duch kelsa, g‘ildiraklari yig‘ilib piyoda yurishga o‘tadi, odamlarga zarar yetkazmaslik uchun teginish kuchini seza oladi, shuningdek, uni olib ketish kerak bo‘lganda chamadon shakliga yig‘ilishi mumkin.

Rejaga ko‘ra, kelajakda ushbu robotlar qariyalar uylarida va kasalxonalarda ishlaydi, xaridlar va boshqa ishlarda yordam beradi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.