Xitoy kompaniyasi Farg‘onada shisha va optik tolalar hamda bazalt mahsulotlari ishlab chiqaradi

Foto: Farg'ona viloyati hokimligi

Xitoy kompaniyasi Farg‘onada shisha va optik tolalar hamda bazalt mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish ustida ish olib bormoqda, deb yozyapti viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Nanjing Fiberglass kompaniyasi bosh direktori Sung Ming boshchiligidagi delegatsiya vakillarini qabul qildi.

“Uchrashuvda Xitoy investitsiyasi hisobiga viloyatimizda sanoat va qurilish uchun maxsus shisha tola, bazalt mahsulotlari hamda optik tola ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi”, – deyiladi xabarda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg‘ona delegatsiyasining joriy yil iyun oyida Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi davomida ushbu kompaniya rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazilib, qiymati 20 mln. dollar bo‘lgan ushbu loyiha bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.