Xitoy О‘zbekistonga 38 ta yangi lokomotiv yetkazib beradi

Фото: O’zbekiston temir yo’llari

Prezident Shavkat Mirziyoуev temir yo‘l sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalarga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar beradi.

Taqdimotda iste’molchilar tomonidan vagonlarning holati, sovutish tizimidagi muammolar yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushayotgani ta’kidlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 143 ta vagon ta’mirlashga muhtoj, 59 ta lokomotiv esa xizmat muddatini tugatgan.

Ushbu muammolarni hal qilish uchun Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasidan yangi vagonlarni ishlab chiqarish uchun 50 million dollar ajratiladi. Xitoy О‘zbekistonga 38 ta lokomotiv yetkazib beradi va qiymati 181 million dollar bo‘lgan 12 ta elektrovozni modernizatsiya qiladi.

Mas’ullar ushbu mablag‘lar hisobidan poуezdlar parkini yangilash rejalarini taqdim etishdi. Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatining profilli bo‘lmagan obуektlarini xususiylashtirish, ushbu sohadagi xizmatlar sifatini oshirish va ularning eksportini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.