Xitoyning “Loong Air” aviakompaniyasi Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
Xitoyning “Loong Air” aviakompaniyasi iyun oyining ikkinchi yarmida Siandan Samarqandga yangi havo yo‘nalishini ochishni rejalashtirmoqda.
Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi havo qatnovlarini koʻpaytirish niyati “Uzbekistan Airports” rahbariyati va aviakompaniya vakillari oʻrtasidagi uchrashuvda maʼlum qilindi. Shuningdek, muzokaralar chog‘ida ikki davlat o‘rtasida yuk tashishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Bugungi kunda “Loong Air” aviakompaniyasi haftasiga uch martadan Chengdu – Toshkent va Sian – Toshkent yo’nalishlarida muntazam yo’lovchi qatnovlarini amalga oshirmoqda.
“Loong Air” – bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan Xitoy aviakompaniyasi bo’lib, yo’lovchi va yuk tashish xizmatlarini ko’rsatadi.
Sharhlar