Xitoyning Loong Air aviakompaniyasi Samarqandga reyslarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda
Xitoyning Loong Air aviakompaniyasi iyun oyining ikkinchi yarmida Siandan Samarqandga yangi reys ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports rahbariyati va aviakompaniya vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum bo‘ldi.
Muzokaralar chog‘ida Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish, ikki davlat o‘rtasida yuk tashishni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Hozirda Loong Air haftasiga uch marta Chengdudan Toshkentga va Siandan Toshkentga ham haftasiga uch marta muntazam reyslarni amalga oshirmoqda.
Loong Air – bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan Xitoy aviakompaniyasi bo‘lib, yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatadi.
Ulashish:
Sharhlar