Xitoyning yuk aviakompaniyasi Toshkentga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda
Xitoyning “YTO Cargo Airlines” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam yuk qatnovlarini yo‘lga qo‘ymoqda. Aviakompaniya vakillari “Uzbekistan Airports” kompaniyasi rahbariyati bilan joriy yilning 3-iyun kuni boʻlib oʻtgan muzokaralarda shunday niyat bildirgan.
“Yuk tashuvchining Toshkent xalqaro aeroportiga birinchi parvozi 2024-yil 6-iyun kuni, Xitoyning “Comac” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi turdagi ARJ21-700 samolyotida amalga oshirilishi rejalashtirilgan”, – deyiladi xabarda.
Avvalroq “YTO Cargo Airlines” aviakompaniyasi Boeing 757 samolyotlarida Toshkentga charter reyslarini amalga oshirgan edi.
“YTO Cargo Airlines” Xitoyning yuk tashuvchi aviakompaniyasi boʻlib, bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan.
Sharhlar