Xivada qo‘shni hovli binosining devori 11 yoshli bolaning ustiga qulab tushdi

Фото: Bolalarolami.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda “11 yoshli bolani devor bosib qoldi” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganayotganini ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 29-may kuni Xiva shahar Gulshan-2 mahallasida yashovchi voyaga yetmagan Sh.K. (2013-yil, o‘g‘il bola) M.M. ga tegishli bo‘lgan, qurilishi tugallanmagan bino tagida o‘ynab yurgan vaqti ushbu binoning bir tomon devori bolani ustiga yiqilib ketgan.

“Mazkur holat yuzasidan Xiva shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Hozirda Sh.K. tos suyagi sinishi tashxisi bilan tibbiyot birlashmasida davolanmoqda”, – deyiladi xabarda.   

Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan holat bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.