Xonanda Osman Navro‘zov avtomashinasida soatiga 197 km tezlikda harakatlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Osman Navro‘zov yo‘l harakati qoidalarini mensimay o‘z avtomobilida soatiga 197 km tezlikda harakatlangani bo‘yicha xabarlar tarqalib, jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab bo‘ldi.
Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 3-oktyabr kuni Osmon Navro‘zov avtomobilida tezlik me’yorlarini buzib, 197 km/soat tezlikda harakatlanganini o‘zi uchun videoga olgan.
“Bilmasdan videoni Instagram sahifamga qo‘yganim uchun xalqimizdan uzr so‘rayman va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan, Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlaridan uzr so‘rayman. Bunaqa tezlikda qayta harakatlanmaslikka va’da beraman. Qolganlarga ham belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilishini so‘rayman”, — deydi xonanda Osmon Navro‘zov.
Xonandaning haydovchilik guvohnomasi olinib, u bilan tushuntirish ishlarini olib boradi.
Sharhlar