Termiz hayvonot bog‘ida noyob turdagi Buxoro bug‘usi bolaladi

Foto: Surxondaryo  viloyati Ekologiya boshqarmasi

Joriy yilning 28-avgust sanasida Termiz hayvonot bog‘ida saqlanayotgan noyob turdagi Xongul — Buxoro bug‘usi bolaladi. Hozirda jonivorning salomatligi yaxshi, u veterinarlarning nazorat ostiga olingan. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugungi kunda hayvonot bog‘ida 4 bosh — 2 bosh erkak, 2 bosh urg‘ochi Buxoro bug‘usi saqlanmoqda.

Xongul (Buxoro bug‘usi) — yo‘q bo‘lib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja tur hisoblanadi. O‘tmishda Sirdaryo va Amudaryo havzalarining barcha to‘qayzorlarida keng tarqalgan.

Hozirda Amudaryo vodiysining yuqori (Surxondaryo viloyati) va o‘rta (Buxoro viloyati Qizilqum qo‘riqxonasi) oqimida yashovchi, Zarafshon Milliy tabiat bog‘i va Quyi Amudaryo biosfera rezervati, shuningdek, Zarafshon daryosi yuqorisida – O‘zbekiston va Tojikiston chegarasidagi aborigen populyatsiyalari, introduksiya va reintroduksiya yo‘li bilan yuzaga kelgan sun’iy guruhlari mavjud.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.