Xorazm va poytaxtda kredit olishga yordam berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Foto: Department_uz

Bog‘ot tumani mas’ullar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ikki fuqaro tadbirkorning ishonchiga kirib, o‘zlarini go‘yoki bank xodimi sifatida tanishtirib, uning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishi hamda subsidiya asosida uy-joy olishi uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 10 mlrd so‘m kredit mablag‘i ajratilishida yordam berishlari evaziga 110 000 AQSH dollari berishi kerakligini aytib, oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shuningdek, Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar D.M. (muqaddam sudlangan) va J.I. “D.Ph.” MCHJning ta’sischisi va rahbari N.I.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki bank muassasasida ishlovchi tanishlari yordamida 1 mlrd so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratib berishi evaziga 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.