Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasining bir nechta tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
Matnazarov Zafarbek Bahadirovich – xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Yangiariq tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Z. Matnazarov 1986 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, Toshkent moliya institutini tamomlagan. Tayinlovga qadar Qo‘shko‘pir tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan
Shuningdek, xalq deputatlari Qorao‘zak tuman Kengashining navbatdan tashqari 86-sessiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
Sessiyada Qorao‘zak tumani hokimi lavozimiga Baymuratov Anvar Maxsetovichni tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi. hamda Baymuratov Anvar Maxsetovich Qorao‘zak tumani hokimi etib tayinlandi.
A.Baymuratov faoliyati davomida qator mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. U bugungi kunga qadar Qorao‘zak tumani hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
O‘razbayev Ruslan Xajibayevich- xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Gurlan tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Ruslan O‘razbayev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Sharhlar