Xorazmda ijodiy imtihondan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan dekan ushlandi

Foto: departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urganch davlat universiteti fakultet dekani S.K. fuqaro Z.O‘.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ushbu universitetda o‘tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihondan o‘tishiga amaliy yordam berishi evaziga 2 600 AQSH dollari va 2,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.