Xorazmda iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari savdosiga chek qo’yildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Xonqa tumanida yashovchi fuqaro X.X., o‘ziga tegishli bo‘lgan omborxonada mahsus hujjatlarsiz 7 turdagi jami 1 857 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Yangiariq tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar I.G‘., S.B. va R.Sh.lar yashash uyida xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, qo‘lbola usulda “Organik”, “Qoratau”, “Russkaya”, “Dobraya” nomli alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ulardan 8 300 dona aksiz marka, 3 018 dona shisha qopqoqlari, 225 litr spirt, sotish uchun tayyorlanib qo‘yilgan 4 turdagi 1 436 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar