Xorazmda maktab hududida guruh bo‘lib harakatlangan haydovchilar jazolandi
Ma’lum qilishinicha, ushbu holat Xorazm viloyati Hazorasp tumani 26-umumta’lim maktabi qarshisida sodir bo‘lgan.
Aniqlanishicha, ushbu to‘y marosimlarida qatnashgan barcha transport vositalari va ularning haydovchilari shaxsiga oydinlik kiritilgan.
Belgilangan tartibda yo‘l harakati qoidalarini chetlab o‘tgan ushbu haydovchilarga nisbatan MJtKning 128-5 moddasi 2-qismiga ko‘ra, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Transport vositalari vaqtincha ushlab turishi uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Bundan tashqari, avtomashinadan tanasini chiqarib harakatlangan yo‘lovchilar ham ma’lum bo‘lgan. Ularga nisbatan hududiy profilaktika inspektorlari tomonidan surishtiruv o‘tkazilib, belgilangan tartibda qonuniy chora ko‘rilishi belgilanmoqda.
Sharhlar