Xorazmda bir ayol pul tufayli o‘z tanishini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Фото: Кун уз

Xorazm viloyatida bir ayol o‘zining tanishi bo‘lgan boshqa bir ayolni o‘ldirib, jasadini o‘z hovlisiga ko‘mib qo‘ygan, deya xabar bermoqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, jinoyat 17-aprel kuni Urganchning “Hamjihatlik” mahallasida yuz bergan. Shu yerda istiqomat qiluvchi ayol tanishiga qo‘ng‘iroq qilib, uyiga chaqirgan.

Suhbat chog‘ida ular o‘rtasida pul tufayli kelishmovchilik yuzaga kelgan. Uy egasi o‘z suhbatdoshini ro‘mol bilan bo‘g‘ib o‘ldirib, so‘ng murdani o‘z hovlisiga ko‘mgan.

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.