Xorazmda taqiqlangan ozdiruvchi dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi
So‘nggi vaqtlarda turli nomdagi vazn yo‘qotish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar savdosi avj olmoqda. Ammo ushbu mahsulotlar tarkibida “Sibutramin” moddasi mavjud bo‘lib, ushbu modda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi 818-son Qaroriga muvofiq kuchli ta’sir qiluvchi modda hisoblanadi. Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni noqonuniy muomalaga kiritish qonunchilikka binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
Urganch shahrida sifati kafolatlanmagan umumiy qiymati 10 mln. so‘mlik, tarkibida “sibutramin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan vazn yo‘qotish uchun mo‘ljallangan kofe mahsulotlarini “shartli xaridor”ga sotgan fuqaro to‘xtatib qolingan.
Fuqarodan jami 40 quti har bir qutida 30 donadan jami 1200 dona dori vositalari dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar