Xorazmda yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M.H.” MCHJ rahbari U.N. tibbiy buyumlar savdosi uchun tegishli ruxsatnomasi bo‘lmasa-da, MCHJga qarashli klinikada dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shug‘ullanib kelib, ushbu klinikada tashkil etgan savdo nuqtasida 86 turdagi umumiy bahosi 36,3 mln so‘mlik muvofiqlik sertifikatlari bo‘lmagan hamda yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni savdoga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishliligi bo‘yicha tergovga yuborilgan.
Sharhlar