Xorazm viloyatidagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi, uni o‘chirishga 1 soat ketgan
Bugun, 7-noyabr kuni Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Gurlan ko‘chasida joylashgan kiyim-kechak do‘konlarida yong‘in haqida xabar soat 12:53 da kelib tushgan. Voqea joyiga yong‘inni o‘chirish uchun sakkizta yong’in-qutqaruv guruhi yetib kelgan. Alanga soat 13:20da o‘rab olinib soat 13:50da to‘liq o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Ayni vaqtda mutaxassislar yong‘in sabablarini o‘rganib, moddiy zararni baholamoqda.
Ulashish:
Sharhlar