Rossiyada ota-ona qarovsiz qolib ketgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

Foto: videodan nusxa

25-avgust kuni O’zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi Diplomatik vakolatxonalari, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining o’zaro hamkorligi ostida xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmagan 9 nafar bolalar Rossiya Federatsiyasidan Toshkentga olib kelindi.

Shuningdek, 2024-yil 15-avgust kuni ham 8 nafar xorijda ota-ona qaramog‘isiz qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarilib, ularning 7 nafari ota-onasi va yaqinlarining qaramog’iga topshirilgan. 1 nafar bolani Agentlik va Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan o‘z oilasiga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Voyaga yetmagan bolalar davlat himoyasidadir. Amaldagi qonunchilikka muvofiq Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolalarni himoya qilish bo’yicha vakolatli organ etib belgilangan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.