Xorijda qancha o‘zbekistonlik ishlaydi?
Mehnat vazirligi ma’lumotiga ko‘pa, 2024-yil 1-iyul holatiga mamlakatimizda aholisi 37,2 mln nafarni tashkil etib, ulardan 15 089 ming nafari (41%) iqtisodiy faol ya’ni, mehnat qilishga tayyor aholi hisoblanadi.
Shundan, 14 mln 213 ming nafari (94 foizi) iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilmoqda.
Xususan:
-rasmiy sektorda – 6,8 mln (48%);
-norasmiy sektorda – 5,5 mln (38,8%);
-xorijda ishlayotganlar – 1,9 mln (13,6%).
Bugungi kunda respublika bo‘yicha 876 ming nafar ishga joylashishga muhtoj aholi mavjud.
Ulashish:
Sharhlar