Xorijdagi o’zbekistonliklar saylovda ishtirok etishlari uchun sayt ishga tushirildi
O’zbekistonda 27-oktabr kuni bo’lib o’tadigan parlament saylovlariga tayyorgarlik ko’rish maqsadida “saylov.mfa.uz” sayti ishga tushirildi. Bu haqida “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Mazkur sayt O’zbekiston Respublikasining xorijdagi fuqarolariga konsullik hisobida turmasdan ovoz berish uchun saylovchilar ro’yxatiga kiritishga elektron murojaat qilish imkonini beradi.
Shuningdek, mazkur platforma orqali xorijdagi fuqarolar eksterritorial tamoyili asosida o’zlari tanlagan saylov uchastkasini o’zgartirish imkoniyati qo’shimcha qulaylik sifatida joriy etildi
Ulashish:
Sharhlar