O‘zbekistonning “Xorijdagi yoshlar” elektron platformasi ishlamayapti

Фото: factchecknet.uz

2023-yil Yoshlar ishlari agentligiga “Xorijdagi yoshlar” elektron platformasi loyihasini yaratish vazifasi topshirilgan edi. Ushbu vazifa Prezident Administratsiyasining 2023-yil 7-fevraldagi 02-PA 2/1-324-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-fevraldagi 14/1-236-son topshirig‘iga asosan belgilangan. Loyiha haqidagi batafsil ma’lumotni raqamli hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrida ko‘rishingiz mumkin. Buni Factchecknet.uz jurnalistlari tekshirib ko’rishdi.

HUKM: BAJARILMAGAN

Loyihaning maqsadi xorijdagi o‘zbekistonlik yoshlarning soni va taqsimlanishini tahlil qilish, faoliyatlarini yo‘nalishlar kesimida o‘rganib borishdan iborat. Shunindek, aynan shu platforma orqali xorijdagi yoshlarga tashkilot tomonidan taqdim etiladigan yordam turlari haqida ma’lumot berib borilishi reja qilingan.

Ammo xozirda sayt quyudagi holatda:

 Saytda “Murojaat yuborish” funksiyasi ishlamaydi.

Reyestrda ishlar 2024-yil 1-aprelga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilgan. Biz bilan telefon orqali gaplashgan loyihani amalga oshirish uchun mas’ul shaxslarga ko‘ra, loyiha http://xorijdagiyoshlar.uz sahifasi ostida ishga tushirilgan. Biroq saytda mavjud bo‘limlar to‘ldirilmagan. “So‘rovnomalar”, “Yangiliklar”, “Omadli yoshlar” va “Bog‘lanish” bo‘limlarining hech biri amaliy ma’lumotlar, umuman, hech qanday ma’lumotlar taqdim etmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, “Xorijdagi yoshlar” elektron platformasi tizimini quyidagi funsiyalarni bajarishi kerak:

1. Hisobotlarni olish jarayonlarining tezligi va shaffofligini 100 foizga oshirish.

2. Xorijdagi yoshlar ma’lumotlarini elektron tarzda shakllantirish.

3. Xorijdan turib tizim orqali elektron shaklda murojaat yuborish imkoniyati.

4. Raqamlashtirilishi rejalashtirilayotgan jarayonlardagi elektron xujjatlarni rasmiylashtirishda inson omilini bartaraf etish, jarayonlar tezkorligini oshirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish.

5. Qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlar almashinuvini kamaytirish.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.