Xorijdan qirg‘ovullar va Hindiston oq tovuslarini olib kirayotgan fuqaro to‘xtatildi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan Oʻzbekiston – Qozogʻiston chegarasidagi “Gʻishtkoʻprik” chegara postida qonun buzilishi holati aniqlandi.
Andijon viloyatida yashovchi fuqaro M. N. Checheniston Respublikasidan 22 dona 4 turdagi qirg‘ovullar va 5 dona Hindiston oq tovuslarini chegara bojxona postidan olib o‘tayotgan vaqtida to‘xtatildi. Tekshiruv davomida tegishli hujjatlari mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, veterinar xulosasida qushlar nomi va soni noto‘g‘ri ko‘rsatilgan.
Qushlar holatga aniqlik kiritilgunga qadar Toshkent hayvonot bogʻiga topshirildi.
Ulashish:
Sharhlar