Xorijga chiqish uchun biometrik pasportingiz pochta orqali kelishi mumkin

Foto: Ochiq manba

Qaror (PQ-380-son, 04.11.2024 y.) bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

  • xorijga chiqish biometrik pasportini berganlik uchun undiriladigan davlat boji summasini qayta taqsimlash;
  • xorijga chiqish biometrik pasportini pochta xizmati orqali yetkazib berish;
  • voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilganda uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxslarni bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirish.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.