Xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Foto: departamnet

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.A. va S.M. fuqarolar A.N. hamda B.T.ni AQShga ishga yuborishini va’da qilib, ulardan 22 000 AQSh dollari talab qilgan. Ular oldindan 15 400 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro X.I. fuqaroga Litvaga ishga yuborish uchun 2 500 AQSh dollari evaziga hujjatlarni rasmiylashtirib, viza olib berishni va’da qilgan. U 1 500 AQSh dollarini olayotganida qo‘lga olindi.

Departamentning Navoiy shahri bo‘limi va IIB xodimlari tomonidan amalga oshirilgan boshqa tadbirda fuqarolar N.Sh. va N.B. fuqaroni Janubiy Koreyaga 6 oylik mavsumiy ishga yuborish evaziga 2 000 AQSh dollarini olish chog‘ida ushlangan.

Bundan tashqari, Departamentning Bekobod shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.Sh. fuqarolar B.D. va S.D.ni Turkiyaga borishi uchun deporini olib tashlash va viza tayyorlash evaziga 1 000 AQSh dollarini olayotganida qo‘lga tushgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.