Jose Venansio Lopes futzal bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi
Jose Venansio Lopes o‘z uyidagi jahon chempionatidagi qoniqarsiz natijalardan so‘ng futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi matbuot xizmati.
Jose Venansio Lopes 14-sentabrdan 6-oktabrgacha Toshkent, Andijon va Buxoroda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda bor-yo‘g‘i bir ochko jamg‘argan jamoa “A” guruhida so‘nggi o‘rinni egallaganidan keyin ketishga qaror qildi.
Futbol assosiasiyasi tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida turli yoshdagi futzal jamoalarini rivojlantirish va klublar uchun turnirlar sonini oshirishni taklif qildi.
Lopes ushbu imkoniyat uchun rahbariyatga minnatdorchilik bildirib, ishlash uchun barcha sharoitlar yaratilganini ta’kidladi. U kelgusida do‘stona munosabatlarni saqlashga va yordam berishga tayyorligini bildirdi. AFU birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ham Lopesga minnatdorchilik bildirib, muvaffaqiyatlar tiladi. Murabbiyning shartnomasi nihoyasiga yetdi.
Sharhlar