Xotin-qizlar uchun maxsus imtiyoz hisoblanmadimi

Foto:Qalampir.uz

Joriy yilda xotin-qizlarga maxsus 2 mingta qo‘shimcha davlat granti uchun joy ajratilgan edi. Bu 2 mingta o‘rin hududlar hamda fanlar kesimida taqsimlangan.

Xotin-qizlarga bu imtiyoz (tavsiyanoma) uchun ball qo‘shib berilmaydi!

“Ko‘pchilik 4% ball qo‘shilishi kerak edi, nega shu qo‘shilmayapti”,- deb xato tushungan. Aslida bunday tushunchani o’zi yo’q. Bu imtiyoz uchun ball qo‘shib berish nazarda tutilmagan. Shuningdek, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham to’plash kerak bo’ladi.

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2024-yilgi o‘tish bali yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanilmagan. Mandat natijalari sarhisobida esa hamma imtiyozlar hisoblangan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.