Xotin-qizlarni har 3 yilda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish taklif qilinmoqda

“Debat Xoll”da “Ekologiya, sog‘liqni saqlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida bo‘lib o‘tayotgan so‘nggi qizg‘in saylovoldi debatida Ekologik partiya xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratdi. Partiya vakili Noiba Inoyatova jamiyatda ayollar salomatligini muntazam nazorat qilish maqsadida quyidagi taklifni bildirdi:

“Xotin-qizlarning sog‘ligini nazorat qilish maqsadida ularni 3 yilda bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni reja qilganmiz”.

Ekologik partiyaning sog‘liqni saqlash sohasida xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan bu tashabbusi debatda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu taklifni ayollar salomatligini yaxshilash uchun muhim qadam sifatida ko‘rish mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.