Xovos tumani hokimi oʻrinbosari 7 yilga qamaldi

Sirdaryo viloyati oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Xovos tumani hokimining oʻrinbosari oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish bilan shugʻullanuvchi MCHJga tegishli yerlarni hokimlik zaxirasiga olmaslik, aksincha, sugʻorish ishlariga sharoit yaratib berish hamda faoliyatiga hech kim aralashmasligini taʼminlash evaziga 20 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 1000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan edi. Bu haqida DXX axborot xizmati xabar bermoqda.

Hovos tumani hokimi oʻrinbosariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Sardoba tuman sudining hukmiga muvofiq, mazkur mansabdor shaxs 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.