Xususiy mulk va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kuchaytiriladi
Prezident tomonidan 2024-yil 29-avgust kuni imzolangan Qonun (O‘RQ-950-son.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni belgilangan tartibda qoplanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining, ushbu subyektlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan hududdan qat’i nazar, O‘zbekiston hududida erkin harakatlanishiga doir huquqi ta’minlanishi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, Shaharsozlik kodeksiga sel va ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda qurish taqiqlanishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Sharhlar