Xususiy shifoxonalarda qancha joy mavjud
2024-yil 1-yanvar holatiga kichik tadbirkorlik (biznes) subyekti sifatida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalaridagi o‘rinlar soni 35,9 mingtani tashkil etgan. Bu haqida Statistika agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga ko’ra, 2019-yilga nisbatan o‘rinlar soni 17,2 mingtaga oshgan. Kichik tadbirkorlik (biznes) subyekti sifatida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalarida o‘rinlar soni:
2019 yil – 18,7 ming o‘rin;
2020 yil – 30,1 ming o‘rin;
2021 yil – 31,4 ming o‘rin;
2022 yil – 32,9 ming o‘rin;
2023 yil – 35,9 ming o‘rin.
Ulashish:
Sharhlar