Yakkasaroy tumanining ayrim hududlarida vaqtinchalik gaz bo’lmaydi
Taʼmirlash ishlari tufayli Yakkasaroy tumanining ayrim hududlariga 19-oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
Taʼmirlash ishlari quyidagi hududlarda amalga oshiriladi:
- “Rakat”, “Shohjahon”, “Belariq” va “Rakatboshi” MFYlaridagi 3860 ta yerli xonadon
- “Muhandislar” MFY Sh.Rustaveli va Muhandislar 1-tor ko’chalaridagi 8 ta ko’p qavatli uylardagi 320 ta xonadon
- “Tepa” va “Konstitutsiya” MFYlaridagi 14 ta ko’p qavatli uylardagi 460 ta xonadon
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 61 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Ulashish:
Sharhlar