Senatning navbatdagi yalpi majlisi 30-sentabr kuni o‘z ishini boshlaydi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ellik sakkizinchi yalpi majlisi 2024-yil 30-sentabr kuni soat 11:00 da Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining majlislar zalida o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yalpi majlisni videokonferensaloqa tarzida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Yalpi majlis Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib boriladi.
Jumladan, qishloq xo‘jaligi kooperativi, temir yo‘l transporti, xalqaro bitimlarni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlar hamda bir qator boshqa qonunlar kun tartibidan o‘rin olgan.
Shuningdek, senatorlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash masalasini ham ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.
Sharhlar