Yana bir “Erkatoy”ning mashinasidagi sho‘xligi kameraga tushib qoldi
Toshkent shahri Abdurauf Fitrat va Yangizamon ko‘chalari kesishmasidagi chorrahada Tracker avtomobili haydovchisi svetoforning qizil chirog‘ida katta tezlikda harakatlanib, 4 nafar piyodani urib yuborishiga oz qolgan. Holat tasvirlangan video tarmoq sahifalarda tarqalmoqda. Svetoforning qizil chirog‘ini pisand qilmagan Tracker oldidagi mashinalarni aylanib o’tib yo’l qoidalarini qo’pol tarzda buzgan.
Holat bo’yicha mas’ullar hali munosabat bildirgani yo’q.
Ulashish:
Sharhlar