Yana yashirin alkogol savdosining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.B. otasi B.B. bilan Urganch tumani, “Qumrabod” MFYdagi turar-joy binosi va Urganch shahri “Ashxobod” MFYda joylashgan omborxonada qo‘lbola usulda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelganliklari aniqlanib, ushbu yashirin sexlardan 388 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsuloti, 95 ta yelim idishda 475 litr spirt va boshqa ishlab chiqarishda foydalaniladigan buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Huddi shunday, Departamentning Xiva shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urganch shahrida yashovchi M.R. “Arboblar” MFYdagi xonadonda qo‘lbola usulda alkogolli mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil etganligi aniqlanib, ushbu sexdan 7 turdagi jami 4 614 dona qalbaki alkogol mahsulotlari, 817 dona turli nomdagi alkogolli ichimliklar qutilari va boshqa ishlab chiqarishda foydalaniladigan buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar