24-may kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G’arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 16-18, kunduzi 24-26 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
23-26-may kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor.
Sharhlar