“YandexGo UB”, “Yandex Eats” hamda “Express24 APP” ustun mavqega (monopol) ega raqamli platforma operatorlari sifatida e’tirof etildi
Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan taksi agregatori xizmatlari bozorida “YandexGo UB” MCHJ hamda tayyor ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlarini buyurtma berish va yetkazib berish agregatori xizmati bozorida “YANDEX EATS” MCHJ XK, “EXPRESS24 APP” MCHJ (Express24 xizmati)larni ustun mavqega ega raqamli platforma operatorlari deb e’tirof etildi.
Bunga asos sifatida, “YANDEX EATS” MCHJ XK va “YANDEXGO UB” MCHJlarning bu sohalarda ustun mavqega erishilgani haqidagi xabarnomalari. Qo‘mita “YANDEXGO UB” MCHJ va “YANDEX EATS” MCHJ XKlar tomonidan yangi tartibga solish hujjatlari talablarini bajarilishini olqishlashligi” ko‘rsatilgan.
Shuningdek, Qo‘mita tomonidan ustun mavqega ega raqamli platforma operatorlari ularning faoliyatini raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ustun mavqeini suiiste’mol qilish holatlarini oldini olish maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi va tegishli tartibda monitoring o‘tkazib borilishi ma’lum qilinadi.
Sharhlar