Afg‘onistonning yangi elchisi O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshladi
Abdul G‘affor Teraviy Afg‘onistonning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatida faoliyatini boshladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishalr vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Vazir Afg‘oniston elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mushtarak tarix va farovonlik manfaatlari barcha sohalardagi hamkorlik aloqalarimizni rivojlantirishga turtki bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi uchrashuvimiz davomida ikki tomonlama, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildik”, — deb yozdi Saidov o‘z Telegram-kanalida.
Ulashish:
Sharhlar