O‘zbekistonda yangi o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi

Фото: yuz.uz

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yangi o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanishini ma’lum qildi.

2023-yil 22-dekabrda “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni imzolangan.

Mazkur Farmonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanganligini inobatga olib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi — 2024-2025-o‘quv yili joriy yilning 4-sentabr kunidan boshlanishini ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi.

Bunda:

31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;

1-sentabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;

2-sentabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

3-sentabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.