Toshkent metropoliteniga uchta yangi poyezd olib kelindi

поезд
Фото: Ташкентский метрополитен

Bugun, 29-may kuni Toshkent metropoliteni vagon parkiga yana yangi to‘rt vagonli 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu harakat tarkiblari belgilangan yo‘riqnomaga asosan, 7-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, yangi harakat tarkiblari asosan, “Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishi”da harakatga chiqariladi.

Avvalroq 2024—2025-yillarda O‘zbekistonga 60 dona metro vagonlarini yetkazib berilishi ma’lum qilingan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.