Toshkent viloyatidagi 14 ta mahalla Yangi Toshkent hududiga o‘tkaziladi

Foto: Norma.uz

Toshkent viloyatining 14 ta mahallasi qisman Yangi Toshkent hududiga o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda viloyat kadastr boshqarmasi.

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Yangi Toshkent hududiga qisman o‘tkazilayotgan mahallalar bo‘yicha quyidagilarni maʼlum qildi:

— Yuqori Chirchiq tumanidan qisman 11 ta mahalla:

“Istiqlol”, “Gulobod”, “Navro‘z”, “Qorasuv”, “Oq ovul”, “Jumabozor”, “Nurli yo‘l”, “Farovon”, “Yangi hayot”, “Sahovat” va “Qizilsoy” MFYlar

— O‘rta Chirchiq tumanidan esa qisman 3 ta mahalla:

– Mustaqillik MFY;
– Yangi Turmush MFY;
– Mashʼal MFY.

Avvalroq, Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan va to‘liq o‘tayotgan MFYlar ro‘yxati haqida maʼlumot berilgan edi. Bular:

— Yuqori Chirchiq tumanidan 20 ta MFY:

Istiqbol, Darxon, Usmonobod, Navoiy, Jaloltepa, Obodon, Guliston, Bahor, Xvan.T.G, Yashnobod, Uch chinor, Nurafshon, Mirobod, Fayziobod, A.Yassaviy, Baliqchi, Yoshlik, Tinchlik, Iyk-ota va Birlik MFYlari

— O‘rta Chirchiq tumanidan 3 ta MFY:

– Sholikor MFY
– O‘choqli MFY
– Bunyodkor MFY

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.