Yangi Toshkent shahrini barpo etish uchun Toshkent viloyatidan yer ajratildi
Prezidentining 2023-yil 20-iyuldagi “Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 232-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktabrdagi “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 568-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Yangi Toshkent shahri”ni barpo etish uchun Toshkent viloyati hokimining tegishli qarorni imzolandi.
Unga ko’ra, Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan davlat zaxirasidagi 158,67 gektar yer maydoni “Yangi Toshkent shahrini barpo etish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish hokim o‘rinbosari Sh.Mahmudov zimmasiga yuklatilgan.
Sharhlar