Yangi yo’nalishda konteyner poezdi harakati tashkil etildi
“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tomonidan yuk tashish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha Xitoyning sharqiy qismida joylashgan Jinhua stansiyasidan O‘zbekistonning Nazarbek stansiyasiga birinchi konteyner blok poyezdi harakati amalga oshirildi.
Ushbu konteyner blok poyezdi Qozog‘istonning Altinkol stansiyasi orqali Nazarbek stansiyasiga yetib keldi. 50 ta 40 futlik konteynerlardan tashkil topgan blok poyezdi umumiy 6250 km masofani 12 kunda bosib o‘tdi.
O‘z ichiga yig‘ma yuklar va ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan uskunalarni olgan konteynerlar Nazarbek stansiyasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tegishli fiting platformalarda ekspress konteyner blok poyezdlariga yuklangan holda Urgench stansiyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, ushbu tashuvlar Nazarbek-Urgench yo‘nalishida ichki tashuvlarning birinchi ekspress poyezdi hisoblanadi.
Sharhlar