Yangihayot tumanidagi omborxonada kuchli yong‘in kelib chiqdi

Foto: Videodan kadr

24-avgust kuni Toshkent shahar Yangihayot tumani, Yangi Darhon ko‘chasida joylashgan omborxonada yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushdi, deb yozmoqda matbuot xizmati.

Shunga asosan yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda. Vaziyat nazorat ostida.

Hodisa oqibatida tan jarohat olish va halok bo‘lish holatlari to‘g‘risida ma‘lumot kelib tushmadi.

Yong‘in yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi, deyilgan xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.